Turkistonda 1918–1925-yillarda keng xalq ommasi vakillarining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan qurolli harakatiga sho‘ro hukumati davrida buyuk davlat shovinistlari tomonidan berilgan ras- miy nom.
Bosmachilik
"Pud" og'irlik o'lchov birligi qanchaga teng?
16,38 kg
Turkiston Muxtoriyati qaysi shaharda tashkil topgan edi?
Qo'qon
Revolyutsion (inqilobiy), ya’ni, sotsial revolyutsionerlar nomidan olingan bo‘lib, ular sovetlar ichida dehqonlar manfaatini hamoya qiluvchi guruh a'zolari qanday atalgan?
Eserlar
(fr. – zina, zinapoya) maxsus yuk, texnika, artilleriya, tank va qo‘shinlar ortilgan poyezd yoki avtokolonna
eshelon
Turkiston Muxtoriyati qancha vaqt mavjud bo'lgan edi?
72 kun
Biron-bir hududning davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi
muxtoriyat
Arman millatchi partiyasining nomi?
Dashnoqsutyun
Metrik sistema qabul etilgunga qadar Rossiyada qo‘llangan, 1,09 gektarga teng yer maydoni o‘lchovi?
Desyatina
Rossiya sotsial- demokratik ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida partiya a’zolarining ko‘pchiligi asosida tashkil topgan guruh a'zolari qanday atalgan?
Bolsheviklar
Mavjud davlat tuzumini tanqid ostiga olib, radikal o‘zgarishlar va islohotlar o‘tkazishni talab etuvchi siyosiy oqim tarafdori nima deb ataladi?
Maksimalist
Turkiston Muxtoriyatining birinchi Bosh vaziri kim edi?
Muhammadjon Tinishboyev
Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion-demokratik partiya deb ataluvchi partiyaning a’zolari qanday atalgan?
Kadetlar partiyasi
Qaysi atama "qism, tarmoq" ma'nolarini anglatadi?
Shuba
Fayzulla Xo'jayev 1922-yilda qaysi shahar banklari va chet el savdo kompaniyalari bilan mustaqil shartnoma tuzishga borgan edi?
Germaniya, Berlin
"harbiy ko'rik, harbiy namoyish" qanday atama bilan ataladi?
parad
Umumiy maqsadga erishish uchun tashkil etilgan ko‘ngilli birlashma, bir nechta partiya tomonidan hukumatni ittifoq bo‘lib boshqarish - qanday hukumat deb ataladi?
Koalitsion hukumat
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.