Study

10-sinf_18-mavzu

  •   0%
  •  0     0     0

  • 221-motorlashtirilgan diviziyada katta tajribaga ega o‘zbek ofitserlaridan bo'lgan mayor kim edi?
    Sobir Rahimov
  • 1942-yil 27-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan kimga Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni berildi?
    Qo‘chqor Turdiyev
  • Qaysi hudud uchun bo‘lgan janglarda Toshkentda tuzilgan Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziya 3 oy davom etgan janglarda dushmanning 8 000 nafar askar va ofitserini qirib tashladilar?
    Kavkaz uchun
  • Sobir Rahimovga qachon Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi?
    1965-yil 9-may
  • Ushbu suratdagi shaxs kim?
    Sobir Rahimov
  • Sovet-german urushida necha kishidan ortiq sovet askarlari Germaniya konslagerlarida tutqunlikda bo‘lishgan?
    5,7 mln kishi
  • Asir tushishga majbur bo‘lgan sovet jangchilari orasida sobiq legioner, keyinchalik Germaniyada yashagan namanganlik tarixchi olim?
    Boymirza Hayit
  • 1941-yil yozida qayerda 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasi qayta tuzilib, uning asosida 221-motorlashtirilgan diviziya tashkil qilindi?
    Samarqand
  • Birinchi o‘zbek qahramoni Qo‘chqor Turdiyev qayerlik edi?
    Andijonlik
  • Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun qaysi o‘zbek yigitlariga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi?
    Sharif Ergashev va Xalloq Aminov
  • Eng so‘nggi tarixiy tadqiqotlarda keltirilishicha, urush yillarida necha nafar o‘zbekistonliklar fashizmga qarshi olovli janglarda qatnashgan edi?
    1,5 mln kishi
  • Nechinchi yillarda milliy harbiy qismlarda, jumladan, o‘zbek diviziyalari va brigadalarida qurol-yarog‘ va o‘q-dori miqdori mutlaqo yetishmagan?
    1941–1942-yillarda
  • 221-motorlashtirilgan diviziya jangchilari 17-mexanizatsiyalashgan korpus saflarida qayerda dushmanga qarshi janglarda ilk marta qatnashdilar?
    Yelna yaqinida
  • Ikkinchi jahon urushida eng katta talafotga uchragan SSSR bo‘lib, u qancha kishidan ajraldi?
    27 mln kishi
  • Belorussiyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarning birida 1943-yil noyabrda Gomel shahri atrofida kim 33 yoshida mardlarcha halok bo‘ldi?
    Sulton Jo`ra
  • 1942-yil 27-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan nechta ofitser va oddiy askarlarga Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni berildi?
    26 nafar
  • Kimlarning tashabbusi bilan 1942-yil martda Turkiston legioniga asos solingan?
    Mustafo Cho‘qay, Vali Qayumxon
  • Gvardiyachi general-mayor S.Rahimov qaysi shaharni shturm qilish vaqtida halok bo‘lgan?
    Polshadagi Gdansk
  • Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun necha nafar o‘zbek yigitiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi?
    26 nafar
  • O‘zbekistonliklar yevropadagi Qarshilik ko‘rsatish harakati saflarida, qaysi hududlarni fashizmdan ozod etishda faol qatnashdilar, partizan qo‘shilmalarida jang qildilar?
    Polsha, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya, Italiya, Gretsiya, Avstriya, Yugoslaviya, Fransiya
  • Ushbu suratdagi shaxs kim?
    Zebo G'aniyeva
  • O‘zbekistonlik jangchilarning qanchasi “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun” jangovar medali bilan taqdirlandi?
    1706 nafari
  • “Moskva mudofaasi uchun” maxsus medali bilan mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston jangchilaridan necha kishi bo‘lgan?
    1753 kishi
  • Moskvani himoya qilishda mardligi va jasorati uchun “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan shaxs?
    Zebo G'aniyeva
  • Toshkentda qachon Xotira va Qadrlash maydoni barpo etilib, unda “Motamsaro ona” haykali hamda o‘zbekistonlik jangchilarning ism-sharifi bitilgan metall tokchalar o‘rnatildi?
    1999-yil may
  • Qayerdagi jang Ikkinchi jahon urushida tub burilishni boshlab berdi?
    Stalingrad jangi
  • Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Ikkinchi jahon urushida qanchadan ziyod kishi halok bo‘ldi?
    50 mlndan ortiq
  • O‘zbekistonlik jangchilardan necha nafari turli sovet orden va medallari bilan mukofotlandi?
    120 ming nafar
  • O‘zbekistonlik nafar jangchi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi?
    280 nafar
  • Ikkinchi jahon urushi frontlarida olib borilgan ayovsiz janglarda o'zbekistonlik askarlarning qanchasi jang maydonlarida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan?
    500 000 kishi
  • Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniyaga asirga tushganlarning umumiy soni necha mln kishini tashkil qilgan?
    6,2 mln kishi
  • 221-motorlashtirilgan diviziyada katta tajribaga ega o‘zbek ofitserlaridan bo'lgan polkovnik kim edi?
    Ismoil Bekjonov
  • 1941-yil 13-noyabrda Davlat Mudofaa Komitetining “Milliy harbiy qo‘shilmalar tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko'ra necha yoshdan katta bo‘lmagan sog‘lom va baquvvat kishilar harbiy xizmatga olinishi kerak edi?
    40 yosh