Study

Adabiyot umumiy takrorlash - 7-sinf

  •   0%
  •  0     0     0

  • __________da muallif hazil-mutoyiba, yengil kulgi orqali ayrim kishilarga xos nuqsonlarni ko'rsatar ekan, ularni tuzatishga da'vat etadi.
    Yumor
  • ... - (lotincha "yo'qnashuv" so'zidan olingan.) Syujetdagi voqealarni harakatga keltiradigan ziddiyat, qarama-qarshilik.
    Konflikt
  • Muallif asar voqealarini bayon qilishda ularning xronologik tartibini buzib, oldinroq bo'lib o'tgan voqealarga qaytishi.
    Retrospektiva(qabul: retrospeksiya)
  • badiiy adabiyotning uch asosiy turlaridan biri. Bu turda asosan voqea hodisalarni bayon qilish yetakchilik qiladi. Hikoy, qissa, roman kabi janrlar shunga misol bo'la oladi.
    Epik tur
  • Unda qahramon hayotidan bitta yoki bir-biriga bog'langan bir necha qisqa voqealar
    Hikoya
  • ... - she'riy yo'l bilan yozilgan, biron-bir voqeani bayon qilish bilan birga, muallifning ularga musonabati, ular bilan bog'liq o'ylari va kechinmalari tasvirlanadigan asar. (Poema))
    Doston
  • Mumtoz adabiyotdagi she'riy topishmoq?
    Chiston
  • Bir obraz orqali boshqa bir tushunchaning ifodalanishi. Rams matndagi so'zni ham o'z ma'nosida, ham ko'chma ma'noda talqin qilish imkonini beradi.
    Ramz
  • ___________ (arabcha "ayollarga xushomad qilsh" so'zidan) - Sharq adabiyotida keng tarqalgan lirik janrlardan biri.Hajmi va mavzusi turlicha bo'lishi mumkin.
    G'azal
  • ... (fransuzcha "tafsilot, mayda-chuyda" so'zidan) - badiiy asarda obrazning ma'lum bir qirralarini, shuningdek, asar go'yasini ochishga xizmat qiladigan badiiy vosita.
    Detal
  • U boshqa janrlarda odatda hajmi kattaligi va qahramon hayotining katta davrida sodir bo'lgan voqealarni tasvirlashi bilan ajralib turadi
    Roman
  • badiiy adabiyotning uch asosiy turlaridan biri. Bu turda his-tuyg'ular, kechinmalar tasvirlanadi. She'r g'azal, qo'shiq kabi janrlar shular jumlasidandir
    Lirik tur
  • ________ badiiy asarda bayon qilingan voqealar.
    Syujet
  • ... - arabcha "yakka, yolg'iz" so'zidan) - mumtoz adabiyotda qo'llangan janrlardan biri. Bir baytdan iborat bo'ladi
    Fard
  • ..(arabcha "bo'lak, qism, parcha" so'zidan) - mumtoz adabiyotda qo'llangan janrlardan biri. Ikki bayt va undan ortiq bo'lishi mumkin. Bunda har ikkinchi misra qofiyalanadi.
    Qit'a
  • Jamiyatdagi illatlarning keskin tanqid qilinishi. Muallif bu illatlarga o'z salbiy bahosini beradi va ularning bartaraf qilinishini istaydi.
    Satira
  • ... - she'rning ohangdorligini ta'minlash uchun misralar va turoqlardagi (misraning pauzagacha bo'lgan qismidagi) bo'g'inlar sonining tnegligiga asoslangan tizim)
    Barmoq vaznlar tizimi